Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholi muammolarini manzilli o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan ijobiy natijaga erishish maqsadida “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktorining o‘rinbosari I.Mamadjanov tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanining “Yorqinboychek” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Hozirda ushbu mahalla hududida yashovchi aholi xonadonlariga “Uchqo‘rg‘on tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Dastlab, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda suyultirilgan gazdan oqilona va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish bo’yicha aholiga tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabulda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga hamda yechimini kutayotgan muammolariga bevosita “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktorining o‘rinbosaridan javob oldilar.
Yuzma-yuz muloqot davomida aholidan kelib tushgan murojaatlar nazoratga olinib, o‘rganib chiqish uchun mutaxassislarga yo‘naltirildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati