Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bekobod shahar “Muqumiy” MFYni "Beruniy" koʻchasi boʻylab oʻtib boruvchi yer osti past bosimli tabiiy gaz quvurida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli, 2022-yil 2-iyun soat 14:00 dan 17:00 ga qadar “Muqumiy” MFYdagi jami 1230 ta aholi xonadonlarida va 13 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati