Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Zangiota tumani "Oʻzgarish" hududi "Pastdarxon" MFY ini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi GTN ni toʻliq taftishdan oʻtkazish ishlari olib borilishi sababli, 2022-yil 07-iyun soat 08:00 dan 17:00 ga qadar yuqorida koʻrsatilgan jami 310 ta aholi xonadonlari va 8 ta ulgurji isteʼmolchilarida, hamda Yuqorichirchiq va Boʻstonliq tumanlari oʻrtasida oʻrnatilgan tabiiy gazni hisobga olish uskunasi oʻrnatish ishlari olib borilishi sababli, 2022-yil 7-iyun 07:00dan 18:00 gacha Boʻstonliq "Boyterak", "Gulobod", "Olgʻabos", "Qaroboy", "Xoʻja", "Qoʻshqoʻrgon", "Aydarali", "Achiqsoy", "Unkelsoy", "Boymirzayev", "Dumaloq", "Sarikegli", "Qoramozar" MFYlarida jami 6747 ta aholi xonadonlari va 121 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti toʻxtatiladi.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati