Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaztaʼminot" AJda sohaga joriy etilgan ilg‘or tajriba va zamonaviy avtomatlashtirilgan texnologiyalari doirasida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining korporativ dasturlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokuratura masʼullari va tizim xodimlari ishtirok etishdi.
Tashkil etilgan tadbirdan asosiy maqsad tizimda joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar, ularning imkoniyatlari va qulayliklari, qanday foydalanish, amalda qo‘llanilishi borasida ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, moderatorlar tomonidan soha yo‘nalishlari bo‘yicha raqamli dasturlarning imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Tizimlar faoliyati bo‘yicha bilimlar shakllantirilib, batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi. Jumladan, jismoniy va yuridik isteʼmolchilar uchun tabiiy va suyultirilgan gaz hisobi nazoratini avtomatlashgan tizimi, raqamli avtomatlashtirilgan gaz balansi, jarayonlarning onlayn nazoratni yuritish, gaz quvurlarining joylashuvi, topografiyasi bo‘yicha maʼlumotlari, yetkazib beriladigan gaz hajmlarining tahlillari va shu kabi boshqa bir qator mavzular to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Har bir mavzu yo‘nalishi bo‘yicha nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy jarayonlar to‘g‘risida ham taʼkidlandi.
Tadbir fikr va mulohazalarga boy bo‘ldi. Savol-javoblar, takliflar tinglandi.