Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Boyovuttumangaz” gaz taʼminoti bo'limi tomonidan “Mahallabay” boʻyicha ishlash mexanizmi joriy etilib, bunda har bir mahalla koʻchalarini tasdiqlangan grafik rejaga asosan kunlik suyultirilgan gaz bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Xususan, joriy yilning iyul oyida Boyovut tumanidagi 9 ta MFYda suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga jami 14 tonna 780 kilogram suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Aholining kundalik isteʼmol ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar suyultirilgan gaz tizimi ishchi-xodimlari tomonidan izchil davom ettirilmoqda.
1 kilogram suyultirilgan gaz narxi 1 120 soʻm boʻlib, 1 dona ya'ni 20 kilogram maishiy gaz ballondagi suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga 22 400 soʻmdan ID karta orqali yetkazib berilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati