Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
«Hududgaz Sirdaryo» gaz ta'minoti filiali tomonidan mavjud 1 ta Mirzaobod maishiy gaz ballonlarni ta'mirlash va sinovdan o‘tkazish markazi yaroqlilik muddati o‘tgan va ta'mirtalab maishiy gaz ballonlarnining 3 mingdan ortig'ini sinovdan o‘tkazdi.
Tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan 82 ming 072 ta aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlari suyultirilgan gaz bilan ta'minlangan. Iste'molchilarga "reja-grafik usulda xizmat ko‘rsatiladi.
Belgilangan me'yorga ko‘ra, gaz ballonlar besh yilda bir marta bosim ostida sinovdan o‘tkaziladi. Sinash jarayonida gaz ballon bosimga dosh bermasa foydalanish uchun yaroqsiz deya hisoblanadi va ta'mirlanadi.
Mavjud 1 ta Mirzaobod maishiy gaz ballonlarni ta'mirlash va sinovdan o‘tkazish markazi tomonidan joriy yilning o‘tgan birinchi choragida 3 ming 314 dona maishiy gaz ballonlari sinovdan o‘tkazildi. Shundan 1 ming 494 donasiga jo‘mraklar almashtirilib, ballonlar bosim ostida sinovdan o‘tkazildi va yana besh yil foydalanish mumkinligi haqida maxsus belgi qo‘yildi.