Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003 yildan boshlab 28 aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb e'lon qilingan. Ushbu kunda dunyoning 100 dan ortiq davlatlaridagi dunyo hamjamiyatining ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarga chalinishning oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e'tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilib kelinadi.
Joriy yilning 26 aprel kuni "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filialida ham ushbu kunga bag‘ishlab o‘quv-seminar tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodislarning oldini olish, ish beruvchi va kasaba uyushmalari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iboratdir.
"Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" arafasida o‘tkazilgan mazkur tabirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, Adliya boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Bandlik bosh boshqarmasi, Moliya boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali, Suvoqova IChK, "Yangi Sirdaryo" tahririyati, "Sirdaryo teleradiokompaniyasi" hamda "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali mehnatni muhofaza qilish muhandislari va kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga ushbu kun kasaba uyushmalari tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va ijtimoiy hamkorlar ishtirokida yuqori darajada o‘tkazib kelinayotgani to‘g‘risida so‘zladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi tarmoq korxonalarida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” yuzasidan respublika tanlovining viloyat bosqichi ham bo‘layotgani tadbir so‘ngida g‘oliblar taqdirlanishi haqida gapirdi.
Shundan so‘ng, tashkilotlardagi kasaba uyushmasi mas'ullari shu kunga qadar olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida so‘zladi. Aytilganidek, tadbir yakunida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” yuzasidan respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.