Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali rahbari Shavkatjon Ataxanov Yangi Namangan tumanining “Abu Rayxon Beruniy” mahallasida bo‘ldi, u yerda viloyat FVB mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi xonadonlari ko‘zdan kechirildi.
Mahallaning «Islom Karimov» ko‘chasida 13 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib, 520 nafar aholi yashaydi. Ushbu xonadonlarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi gaz taqsimlash punktlari qayta sozlanib, tabiiy gaz ta’minoti bir maromga keltirildi, holat esa doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Shuningdek, iste’molchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik zarurligi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati