Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Sirdaryo viloyatida tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha ishlar belgilangan tartibda davom ettirilmoqda. Hozirga qadar Sirdaryo viloyati Guliston shaharda 23 198 ta, Sirdaryo tumanida 11 417 tadan ziyod xonadonlarga “aqlli” gaz hisoblagichlari oʻrnatilib, ular “Billinggaz” tizimi bilan bogʻlandi. Shuningdek, hududdagi barcha xonadonlarda tabiiy gaz taʼminotini bir meʼyorda boʻlishini taʼminlaydi.
Agarda isteʼmolchida tabiiy gazdan qarzdorlik yuzaga kelsa, avtomatik ravishda dastlab SMS-xabarnoma yuboriladi. 72 soat davomida qarzdorlik bartaraf etilmasa, tabiiy gaz taʼminoti avtomatik tarzda toʻxtatiladi. Afsuski, isteʼmolchilar orasida qarzdorlik boʻyicha avtomatik tarzda tabiiy gaz berilishi toʻxtatilgandan soʻng, oʻzboshimchalik bilan elektron gaz hisoblagichlarini yechib olib, rezina shlang va qoʻlbola quvurlar orqali tarmoqqa ulanib olib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanayotganlar uchramoqda.
“Gulistonshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi va “Sirdaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan ana shunday holatlar boʻyicha reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Jumladan, oʻrganishlar davomida aniqlangan 180 ta qoidabuzarlik holatlari natijasida isteʼmolchilarga 357 731 621,65 soʻmdan ortiq tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan. Bunday vaziyatlarda har bir qonun buzgan isteʼmolchiga oʻtgan davr uchun meʼyor asosida qayta hisob-kitob qilingan holda jarimalar qoʻllanilmoqda. Bu bilan isteʼmolchilar birinchidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyishmoqda shu bilan birga ortiqcha ovoragarchilikka sababchi boʻlib qolmoqdalar. Rasmiylashtirilgan hujjatlarni tegishli qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilmoqda.
Hurmatli isteʼmolchilar, tabiiy gazdan foydalanishda qoidalarni buzmaslik, hisoblash uskunalaridan toʻgʻri foydalanish, nostandart gaz uskunalari va qoʻlbola moslamalarini ishlatmaslikni soʻrab qolamiz. Zero, bu bilan siz oʻzingiz va boshqalarning xavfsizligini taʼminlagan boʻlasiz.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati