Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Jizzaxda tabiiy gaz yetib bormagan hududlardagi 113 935 nafar isteʼmolchi bilan suyultirilgan gaz yetkazib berish shartnomalari tuzilgan boʼlib, ularga oʼz vaqtida maishiy gaz ballonlari yetkazib berilmoqda. Hozirda ular ixtiyorida 125 469 ta maishiy gaz balloni foydalanishda. Joriy yilning dastlabki choragida chilangar tomonidan suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga 4,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan boʼlib, amalda 4,6 ming tonna yetkazib berilishi taʼminlandi.
“Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati