Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ayni vaqtda Navbahor tumanida 41 ta mahallada 19 mingdan ortiq suyultirilgan gaz iste’molchisi mavjud. Iste’molchilarga mahalliy hokimlik tomonidan tasdiqlab berilgan reja-grafik bo‘yicha 35-40 kun orlig‘ida yoqilg‘i yetkazilmoqda.
O‘tgan yil davomida tumanda suyultirilgan gaz olish bo‘yicha ro‘yxatga yangi kiritilgan iste’molchilarga 111 ta maishiy ballon shartnoma asosida yetkazildi. Ayni vaqtda aholiga ijaraga berilgan 19 090 dona maishiy ballonning 630 tasi orqali "aylanma" usulda xizmat ko‘rsatilmoqda.
Tuman iste’molchilariga yetkaziladigan maishiy ballonlar "Navbahor-Yangi yo‘l" gaz tarqatish shoxobchasi orqali to‘ldiriladi. Ular bo‘limga tegishli 5 ta transport vositasi orqali aholiga tarqatiladi.
Yil davomida navbahorliklar 1 034 tonna 840 kg suyuq gaz bilan ta’minlangan. Iste’molchilarda yoqilg‘i mahsulotini xarid qilish uchun ID-karta mavjud bo‘lib, uni o‘z vaqtida yetarli mablag‘ bilan ta’minlash borasida muntazam tushuntirish olib borilmoqda.
2022 yil uchun "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlariga asosan, tumanning "Dul-dul" hamda "Yuqori Beshrabot" mahallalarida ro‘yxatga yangi kiritilgan 30 ta iste’molchiga maishiy gaz ballon yetkazilishi ta’minlanmoqda.
Shartnoma asosida maishiy ballonlar bilan ta’minlangan iste’molchilar to‘liq ID-karta bilan ta’minlanadi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati