Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Xorazm” GTF tomonidan har qanday ob-havo sharoitida tabiiy gaz uzluksizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qirovli kunlarda isteʼmolchilarni bir maromda gaz bilan taʼminlash doimgidan ham muhim.
Shu sababdan ham ayni kunlarda “Hududgaz Xorazm” GTF xodimlari isteʼmolchilarga uzluksiz tabiiy gaz yetkazish tashvishi bilan band.
“Hududgaz Xorazm” GTF xodimlari ana shu masʼuliyatni anglab yetgan holda havo haroratining pasayib ketganiga qaramay oʻz vazifalarini sidqidildan bajarmoqda.
Bugungi vaziyatda har qanday sharoit va ob-havoga qaramay oʻz vazifasini vijdonan bajarayotgan ushbu soha xodimlarining zahmatli mehnati eʼtirofga munosib.
Biz siz uchun har qanday sharoitda xizmat koʻrsatishga shaymiz! Siz esa tabiiy gazdan tejamkorlik bilan oqilona foydalansangiz bas!