Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Soʻngi yillarda Oʻzbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar zamirida inson qadri, uning farovon hayoti uchun yoʻnaltirilgan.
“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali ham ushbu keng koʻlamli islohotlarga oʻz hissasini qoʻshgan holda, sohadagi har bir yangilik va amaliy ishlarni inson qadri uchun olib bormoqda.
Pop tumanining Iskovut mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan sayyor qabul ham fuqarolar ogʻirini yengil qilish, ularni ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etish hamda yoʻllanadigan murojaatlarni oʻz oʻrnida hal etish uchun tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali direktori Shavkat Ataxanov fuqarolar murojaatlarini tinglash bilan birga, tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanish davomida xavfsizlik qoidalariga amal qilishni, isitish mavsumi uchun zamonaviy isitish qozonlari oʻrnatish kerakligi boʻyicha tavsiyalarini berdi.
Qabul davomida suyultirilgan gaz boʻyicha kelib tushgan murojaatlar oʻsha kunning oʻzida oʻrganildi va tegishli tartibda gaz ballonlari ajratildi.