"Zarbdortumangaz" gaz ta'minoti bo'limi tomonidan iste’molchilarning suyultirilgan gaz mahsulotlariga bo’lgan talabini o'z vaqtida qondirish, xizmat ko'ratish sifatini yaxshilashga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 18 ta mahalla bo'lib, xonadonlar soni 7807 tani tashkil etadi. Hududda suyultirilgan maishiy gaz ballon bilan ta'minlangan iste’molchilar soni 9763 nafar. Iste’molchilarga 2 ta maxsus avtoulov ajratilgan bo'lib, uglevodorod gaz mahsulotlari "Uch tepa" va "Zomin" gaz to'ldirish shahobchalaridan olib kelinadi. Ahamiyatli jihati, joriy yilning iyul oyida belgilangan reja 123,1245 bo'lib amalda 130,880 tonna suyultirilgan uglevorod gaz iste'molchilar xonadoniga o'z vaqtida yetkazib berildi.
Joriy yilning avgust oyi mobaynida belgilangan rejamiz 123,4395 tonna bo'lib hududlarga o'z vaqtida belgilangan rejadan ortiq iste’molchilarga suyultirilgan uglevorodli gazni yetkazib beramiz" - deydi, "Zarbdortumangaz" gaz ta'minoti bo'limi Suyultirilgan gaz bo'yicha hisobga olish xizmat boshlig'i Umid Baxriddinov.
"Hududgaz Jizzax" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati