Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Buxoro tumanidagi 18 ta mahallada istiqomat qiluvchi 13860 nafar iste’molchiga suyultirilgan gaz belgilangan rejaga muvofiq yetkazib berilmoqda. Bugungi kunga qadar ularga 1693 tonna suyultirilgan gaz tarqatildi. Ta’kidlash lozim, tumanda joriy yil davomida yangi iste’molchilar soni 146 nafarga oshdi. Xususan, “So’fikorgar” mahallasida ham 48 taga ko’paydi.
Xodimlarning navbatdagi manzili ayni shu hududda bo’ldi. Kun davomida Muchasv qishlog’i iste’molchilariga 1800 tonna suyultirilgan gazga to’ldirilgan 90 ta maishiy gaz balloni yetkazib berildi. Qishloq ahli minnatdor. To’lovlar maxsus kartalarda amalga oshirilmoqda. Gaz ballonlarini tarqatish davomida ulardan to’g’ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozimligi borasida ko’rsatmalar ham berilmoqda.
Ta’kidlash lozim, mahallaning 6 ta qishlog’ida istiqomat qiluvchi 1168 ta iste’molchi har 30-35 kun davomida suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.
“Mahallamizga vaqtida gaz ballonlari yetkazib beriladi. Oldinlari to’lovlarni naqd pulda to’lar edik. Bugun esa kartalar berilgan, juda oson, bu imkoniyat biz bilan xodimlar o’rtasidagi turli kelishmovchiliklarga chek qo’ydi. Minnatdormiz”, – deydi mahalla faoli Avaz To’rayev.
“Gaz ballonidan foydalanar ekanmiz xavfsizligimizga ham e’tiborli bo’lishimiz lozim. Aksariyat qo’shnilarimiz uyida gaz ballonlarini maqsadli ishlatishmaydi. Uning o’rnatilishi hamda nima maqsadda ishlatilishi borasida esa gazchilar doim tushuntirib, ko’rsatmalar berib ketishadi. Asosiy vazifamiz, hamma mas’uliyatni ularga yuklamay, aksincha, o’zimiz ham his etib, xavfsizlikni ta’minlashimiz lozim”, – deydi fuqaro Gulsara Rabbiyeva.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati