Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ayolning o’rni va rolini oshirish, ularning faolligini shakllantirish, qadr-qimmatini yuksaltirish hamda oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, o’z joniga qasd qilish va shunga o’xshash turli salbiy illatlarning bartaraf etilishiga mamlakatimizda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Darhaqiqat, hayotimiz asosi, koʻrki va millatimiz kelajagi ayol boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Bugungi kunda oʻz aqli, bilimi va isteʼdodi, mehnatsevarligi va shijoati bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib – bu oila bekaligi boʻladimi, davlat va jamiyat boshqaruvi, tibbiyot taʼlim-tarbiya, madaniyat ilm-fan taraqqiyoti boʻladimi, fermerlik harakati va kasanachilik, kichik biznes tadbirkorlik boʻladimi mana shunday murakkab vazifalarni ayollar samarali ado etib kelmoqdalar. Bugungi kun ayolining ilmi, iqtidori, zakovati ijodkorligi, yaratuvchanligi dunyoni yana bir karra lol qoldirmoqda. Oʻzlikni anglash, barkamol shaxsni voyaga yetkazish, sogʻlom turmush tarzini yaratish, tarixiy qadriyatlar, milliy anʼanalar davomiyligini taʼminlash, xatto jamiyatni demokratlashtirish kabi global muammolarni ayolsiz, uning ishtirokisiz tasavvur etish qiyin. Ammo tanganing yana bir tomoni bor – ba’zi muammolar sabab ayollar orasida turli huquqbuzarliklarning kelib chiqayotganligi, oilada ularning qadri-qimmati oyoq osti bo’layotganligi va boshqa ko’plab jinoyatchiliklarning sodir bo’layotganligini aytib o’tish mumkin.
Bugungi kunda “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filialida 54 ta xotin-qizlar turli sohalarda faoliyat koʼrsatib kelmoqdalar.
Filialda xotin-qizlarni qoʼllab quvvatlash maqsadida viloyatimizdagi ziyoratgohlarga qolaversa Buxoro, Samarqand kabi viloyatlarga sayyohatlar uyushtirilmoqda.
O’tgan 6 oy mobaynida “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida olib borilgan ishlarni sarhisob qilish, faoliyat olib borayotgan ayollarni har tomonlama qullab quvatlash, ayollar o’rtasidagi turli salbiy illatlarning oldini olish, maqsadida xotin-qizlar Kengashi hamda Boshlang’ich Kasaba uyushmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida so’zga chiqqanlar ayollarning jamiyatdagi o’rnini oshirishda avvalo intiluvchanlik, mehnatsevarlik va hayotga bo’lgan ijobiy qarashlarini shakllantirish lozimligini ta’kidlab o’tishdi.
Muhimi, bugungi kunda berilayotgan har bir imkoniyatdan unumli foydalanish hamda oilada ayolning roli, farzandlar tarbiyasida uning o’rni ahamiyatli ekanligi qayd etildi. O’tkazilgan mazmunli davra suhbati filial ayollarida katta taassurot qoldirdi.
“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati