Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimizda aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ham aynan shu maqsadga qaratilgan.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali tomonidan bu borada amaliy ishlar davom etmoqda. Xususan, Jarqo'g'rg'on tumanining "Qorayantoq" mahallasida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivini gazlashtirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, montaj ishlari davom etmoqda.
Massivni gazlashtirish uchun diametri 59 mm bo‘lgan 400 metr uzunlikdagi tabiiy gaz quvurlarini tortish ishlari bajarildi.
Filialning qurilish-montaj boshqarmasi xodimlari tomonidan bugungi kunda ham gaz quvurlarini montaj qilish ishlari qizg'in suratlarda olib borilmoqda.
Ushbu xonadonlarga gaz hidi yoki yong'in chiqqanda avtomatik tarzda gaz ta’minotidan tuxtatish uchun gaz analizatorlarini o'rnatilgan. Gaz quvurlari havo bosimi ostida mustahkamligi va zichlikka sinab ko'rilib, gaz quvuri va uskunalarida gaz sizib chiqish holatlari tekshirib ko'rildi. Har bir xonadon sohibi yoki sohibalaridan gaz xavfsizligi va yongin xavfsizligi qoidalariga amal kilish to'g'risida tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Ushbu hududda 2022-2025-yillarda jami 5 ta 5 qavatli jami 150 ta xonadonli turar-joy binolari qurilib, ular to‘liq tabiiy gaz bilan gazlashtirilishi rejalashtirilgan bo'lib, iste'moilchilar xonadonlariga “aqlli” hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda.
Keyingi yillarda aholiga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berishda avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etilmoqda. Mazkur tizim esa shaffof to‘lov tizimi va hisobini yuritishni muvofiqlashtirish orqali qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Eng muhimi, olib borilayotgan bunday tizimli ishlar samarasida viloyatdagi “zangori olov” yetib borishi qiyin bo‘lgan olis hududlardagi aholi xonadonlarida tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti yanada yaxshilanmoqda.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati