Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ma'lumki, yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimizda ham anomal sovuq havo harorati kuzatilmoqda. Mana shunday vaziyatda aholiga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berishda gaz taqsimlash qurilmalarining sozligi va quvurlarni gaz o‘tkazuvchanligi asosiy o‘rin tutadi.
Marhamat tumanida bugungi kunda 458 km gaz quvurlari orqali iste'molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Mazkur quvurlarning 112 km yer ostida, 346 km qismi esa yer ustida joylashgan. Bugunga qadar chilangarlar tomonidan 402 km quvurlar qayta nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, mavjud 76 ta gaz taqsimlash qurilmalarida ham sozlash, rejali ko‘rik ishlari amalga oshirilmoqda.
“Kuni kecha, “O‘zbekiston” MFY o‘ramidagi “Oqibatli” ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarni gaz bilan ta'minlovchi diametri D-76 mm bo‘lgan yer usti gaz quvurining 2 kmlik qismini hamda 3 dona gaz taqsimlash qurilmalarini nazoratdan o‘tkazdik, - deydi “Marhamattumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi chilangari Dilshodbek Nurmatov. Shuningdek, “Marhamat” avtomatik gaz taqsimlash shoxobchasidan chiqishdagi aholi va ulgurji iste'molchilar uchun chiqarilgan kollektorda me'yorlashtirish va sozlash ishlari bajarildi. “Marhamat-Paxtakor” yo‘nalishidagi harakatdagi yer ustida joylashgan o‘rta bosimli diametri D-159 mm bo‘lgan gaz tarmog‘i maxsus uskuna yordamida tekshirildi va gaz sizib chiqishi aniqlanmadi...”
Qishning qahraton kunlarida ishlashni o‘zi bo‘lmaydi. Mana shunday kunlarda ham aholiga gaz yetkazib berishda chilangarlarning xizmati beqiyos. Kunlik gaz tarmoqlarining nazorati hamda gaz taqsimlash qurilmalaridagi rejim-sozlash ishlarini olib borish havo haroratining darajasidan qat'iy nazar olib borilmoqda. Soha xodimlari esa mana shunday sovuq kunlarda ham o‘z vazifalarini mas'uliyat bilan amalga oshirmoqdalar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati