Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda, har qaysi sohada kommunikatsion o'zgarishlar ro'y bermoqda. Xususan, suyultirilgan gaz tizimida ham aholi uchun qulayliklar yaratildi. Endilikda, har bir iste'molchi suyultirilgan gazni onlayn tarzda "E-gaz" dasturi orqali xarid qiladi. Bu esa ta'minotchi va iste'molchi o'rtasidagi shaffoflikni ta'minlab, ovoragarchikilarga chek qo'yadi. Bu jarayonlar Namanganda ham o'z aksini topmoqda, desak xato bo'lmaydi. Jumladan, joriy yil boshidan hozirga qadar viloyatimizning 420926 nafar iste’molchilari "E-gaz" dasturida faollashgan bo'lib, ularga jami 27368,2 tonna suyultirilgan gaz bilan ta'minlandi. Buni tumanlar kesimida tahlil qiladigan bo'lsak,
Namangan shahri iste'molchilariga 3655,5 tonna; Pop tumani iste'molchilariga 1997,4 tonna; Chust tumani iste'molchilariga 2211,5 tonna; To‘raqo‘rg‘on tumani iste'molchilariga 2558,1 tonna; Namangan tumani iste'molchilariga 1982,1 tonna; Mingbuloq tumani iste'molchilariga 1620,4 tonna; Kosonsoy tumani iste'molchilariga 2164,2 tonna; Uychi tumani iste'molchilariga 2161,1 tonna; Yangiqo‘rg‘on tumani iste'molchilariga 2480,3 tonna; Chortoq tumani iste'molchilariga 1737,5 tonna; Uchqo‘rg‘on tumani iste'molchilariga 2080,1 tonna; Norin tumani iste'molchilariga 2330,3 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Shu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, hozirda “Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali xodimlari foydalanishi uchun “E-Gaz” dasturining yangi mobil versiyasi joriy etilib, suyultirilgan gaz yetkazib berish va to‘lovni amalga oshirish faqat ID karta orqali har bir iste’molchiga bitta maishiy gaz ballonlarda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati