Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz ta’minoti xodimlari tomonidan aholiga o’z vaqtida yetkazib berilayotgan gaz ballonlarini to’g’ri o’rnatish hamda ulardan maqsadli foydalanish uchun tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Fikrimizni G’ijduvon tumanining “Ko’lijabbor” mahallasi misolida davom ettiradigan bo’lsak, bugun hududda soha xodimlari tomonidan 35 kunga bormay gaz balloni tarqatildi.
Ushbu mahalladagi 3 ta – Ko’lijabbor, Piskor, Ko’hnanayman qishloqlarida istiqomat qiluvchi 1274 ta iste’molchi gaz balloni bilan ta’minlanadi. Yetkazilgan gaz ballonini to’g’ri o’rnatish, muammolar yuzaga kelsa soha xodimlariga murojaat qilish zarurligi yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Ko’rsatma asosida gaz ballonini to’g’ri o’rnatib kelayotgan iste’molchilar yo’q emas, ammo undan xavfsizlik qoidalariga rioya qilmay foydalanib kelayotganlar ham bor. Ta’minot xodimlari belgilangan joyda gaz ballonini o’rnatish hamda uni faqat maishiy ehtiyojlar uchun ishlatish lozimligi haqida tushuntirishdi.
“Xavfsizlikni ta’minlash avvalo, o’zimizga bog’liq. Maishiy ehtiyojlarimiz uchun gaz ballonidan foydalanib kelamiz. Xodimlar har oy ballonni yetkazib bergach, uning o’rnatilishi hamda undan to’g’ri foydalanish haqida yo’riqnomalar tarqatishadi, tushuntirishadi. Muammolarimizni esa bartaraf etishadi”, – deydi fuqaro Istat Ibrohimova.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filaili matbuot xizmati