Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Buxoro tuman Losha MFYni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 100 mmli o‘rta bosimli gaz quvuridagi avariya holatini bartaraf etish maqsadida bugun soat 9:00 dan 18:00 ga qadar hudud iste’molchilariga; Qorovulbozor tuman Bo‘ston MFYni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 76 mmli o‘rta bosimli gaz quvuridagi avariya holatini bartaraf etish maqsadida bugun soat 9:00 dan 18:00 ga qadar hudud iste’molchilariga; Peshku tuman Varaxsha, Obidxo‘ja, Turkiston, Kuyovxo‘ja va Shavgon MFYlarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 76 mmli o‘rta bosimli gaz quvurlaridagi avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida bugun soat 14:00 dan 17:00 ga qadar hudud iste’molchilariga;
Gʻijduvon tuman Gʻalaba, Abdulla Qahhor, O‘zanon va Bobir MFYlarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi, kesimi 57 va 89 mmli o‘rta bosimli gaz quvurlaridagi avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida bugun soat 10:00 dan 17:00 ga qadar hudud iste’molchilariga tabiiy gazni yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste’molchilardan uzr so’raydi.
"Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati