Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 445-sonli Qonunining ijrosini to‘laqonli ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish, shuningdek, murojaatlar sonini keskin kamaytirish maqsadida Namanganda sayyor qabullar o'tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktorining o‘rinbosari I.Mamadjanov tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumanining "Yuqor Qorayontoq" MFYda o‘tkazildi.
Hozirgi kunda "Yuqor Qorayontoq" MFY hududida yashovchi aholi xonadonlari "Yangiqorg‘ontumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan suyultirilgan gaz bilan ta’minlab kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2017-yil 24-oktabr kuni tasdiqlangan “Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida, xonadonlardagi gaz uskunalar holatini tekshirish va xonadon egalariga ulardan to‘g‘ri, xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishlari bo'yicha tushunchalar berildi.
Sayyor qabul davomida, "Yuqor Qorayontoq " MFY raisi hozirgi kunda MFY hududidagi xonadonlarni "Yangiqorg‘ontumangaz" gaz ta’minoti bo'limi tomonidan suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ravishda ta’minlab kelinayotgani va bu borada muammo yo'qligi haqida aytib o'tdi.
Mazkur hududda yashovchi fuqaro P.Akbarov bilan suhbatlashilganda, suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha va suyultirilgan gaz yetkazib berish muddatlarini ko'rib chiqish masalasida o‘z takliflarini berishdi.
Murojaat etuvchilar bilan suhbatlashganda, hozirgi kunda suyultirilgan gazni hududlarga yetkazib berish, aholi talabiga ko‘ra, 35-40 kunga to'g‘ri kelayotganligi hamda “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan aholi uchun qulay shart--sharoitlar yaratish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, buning natijasida qo‘shimcha maishiy gaz ballonga ehtiyoj bo‘lmasligi to'g‘risida ta'kidlandi.
"Yuqor Qorayontoq" MFY hududida yashovchi fuqaro N.Qayumova va I.Xoliqovlar esa xonadonlarida foydalanib turish uchun 1 dona maishiy gaz ballon olishda amaliy yordam berish masalasida murojaat etishdi. Bu borada mutaxassislar tomonidan murojaatchilarga maishiy gaz ballon olish tartibi tushuntirilib, "Yangiqorg‘ontumangaz" gaz ta’minoti bo‘limiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng 1 donadan imtiyozli ravishda shartnoma asosida maishiy gaz ballon bilan ta’minlanishlari to'g‘risida ma’lum qilindi.
Ommaviy sayyor qabullarni o'tkazishdan asosiy maqsad shuki, eng avvalo, aholi muammolarini tinglab, unga yechim topmoqdir. Zero, mamlakatimizda inson qadri ulug' va eng yuqori o'rinlarga loyiqdir!...
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati