Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Isteʼmolchilarning gaz taʼminoti tizimini yanada yaxshilash, kuz-qish mavsumida bir meʼyorda tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida “Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Sirdaryo viloyatidagi tabiiy gazga moslashgan har bir xonadonga bir maromda uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish uchun viloyatdagi barcha tuman va shaharlarning gaz quvurlari va gaz taqsimlash qurilmalarini birma-bir oʻrganib chiqilmoqda. Birgina Sayxunobod tumani misolida aytadigan boʻlsak tumanning “Farovon” MFY sida ayni vaqtda ish qizgʻin ketmoqda.
“Farovon” MFY bugungi kunga kelib jami 620 ta xonadon tabiiy gazga moslashgan. Hozirda ushbu mahalla aholisiga tabiiy gazni bir maromda yetkazish va kuz-qish mavsumida uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida “Sayxunobodtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining malakali xodimlari va “Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filialining qurilish bo'limi tomonidan “Farovon” MFY, “Hisor” qishlogʻi va “Paymard” MFY ga yoʻnaltirilgan d-159 va d-102 mmli jami uzunligi 5 kilometr 200 metr gaz quvurlarini havo bosimi yordamida sinalib tozalandi. Amalga oshirilayotgan ishlar davomida “Farovon” MFY da d-102 mmli 250 metr, “Hisor” qishlogʻida 500 metr yer usti gaz quvurlarida nosozliklar aniqlandi.
Mavjud gaz quvurlarining yaroqsiz holatga kelib qolgan joylari taʼmirlanib barcha gaz quvurlari yer ustiga chiqarildi. Bundan tashqari “Farovon” MFY ning tabiiy gaz taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida gazlashtirish loyihasi qayta koʻrib chiqilib, gaz quvurlarining gidravlikasi qayta ishlab chiqilib mantaj ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek ushbu ishlar barobarida mahalladagi barcha uch bosqichli tizimda oʻrnatilgan elektron gaz hisoblagichlarini ikki bosqichli tizimga oʻtkazish uchun ham ishlar boshlab yuborildi. “Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filiali tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar viloyatning barcha tuman-shaharlarida jadallik bilan olib borilmoqda. Gaz taʼminoti filialining maqsad esa bitta u ham boʻlsa inson qadrini ulugʻlash va xalq farovonligini taʼminlash yoʻlida oʻz hissasini qoʻshishdir.
“Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati