Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Joylarda tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti tizimida odamlarni qiynayotgan muammolar hamon borligi hech kimga sir emas. Albatta, yillar davomida to‘planib qolgan, vaqt, mehnat va mablag‘ talab etadigan bunday muammolarni bartaraf etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.
Birgina misol. Yillar davomida e’tibordan chetda qolib ketgan olis mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Va bu borada bugun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ana shu olis hudud aholisi ham uzluksiz suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan belgilab olingan manzilli rejaga ko‘ra, ko‘p qavatli turar joylar, ijtimoiy soha obyektlarida ham tabiiy gaz ta’minoti yildan-yilga yaxshilanishi uchun harakat qilishmoqda.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati