Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan ishlab chiqilgan tadbirlar rejasiga asosan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialida “Kasaba uyushmalari faoliyatida mehnat huquqi va mehnat muhofazasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi va filial xodimlariga masofadan videokonferensaloqa orqali ishtirok etish imkoniyati taqdim etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Surxondaryo viloyat kengashining mehnat huquqi inspektori Z.X.Xolov va texnik inspektor E.X.Mengliyevlar ishtirok etdi va davra suhbati mavzusi bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi.
Tadbir qiziqarli va samarali o‘tdi, buni filial xodimlari bilan mehnat munosabatlari bo‘yicha ochiq muloqotlardagi faolligi sezildi, xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tegishli va qoniqarli javoblar berishdi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati