Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida 5 ta gaz to‘ldirish shaxobchasi, 2 ta gaz to‘ldirish stansiyasi mavjud bo‘lib, ular orqali iste’molchilarga bir kunda o‘rtacha 14000 ta maishiy gaz ballonda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Aholidan qaytarib olib kelingan maishiy gaz ballonlar barchasi gaz to‘ldirish ob’ektlarida maxsus uskunalar yordamida og‘ir qoldiqdan tozalanadi. Bir vaqtning o‘zida ushbu ob’ektlardagi uskunalarda 22 ta, bir kunda 1500 ta maishiy ballonni og‘ir qoldiqdan tozalash imkoniyati mavjud.
Joriy yilning oktabr oyida viloyat bo‘yicha jami 8 mingtaga yaqin maishiy gaz ballondan 3 tonna 900 kg og‘ir qoliq to‘kib olindi.
"Hududgazta’minot" AJ tomonidan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tartibi yangilandi. Unga ko‘ra, oila a’zolari ko‘p bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tgan uy xo‘jaliklari endi belgilangan muddatda o‘z ID-kartalari orqali bir oyda bir marotaba suyultirilgan gaz olishlari mumkin.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati