Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJ tomonidan suyultirilgan gaz ta’minotida avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgach, xarid uchun iste’molchidan naqd pul qabul qilishiga chek qo‘yildi.
Hozir iste’molchi gaz ballon olganida, unga taqdim qilingan ID-kartadan 22 400 so‘m yechiladi va telefon raqamiga xarid ma’lumoti haqida SMS keladi.
Abonentlarga berilgan ID-kartalar “Ye-Gaz” onlayn tizimiga ulangan bo‘lib, iste’molchi bir oy to‘lmasdan turib, yangi gaz ballon olish imkoniga ega emas. Ya’ni, ID-kartada iste’molchining oxirgi marta qachon gaz ballon bilan ta’minlanganligi “Ye-Gaz” onlayn tizimida ko‘rinib turadi.
Bitta xo‘jalikka faqat bir dona gaz ballon beriladi.
Iste’molchilarning suyultirilgan gaz ta’minoti uchun “Ye-Gaz!” tizimini faollashtirishda aloqa xizmati yaxshi bo‘lgan hududlarda “on-line”, aloqa xizmati yaxshi bo‘lmagan hududlarda “of-line” tizim yo‘lga qo‘yilgan.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati