Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Is gazi, yong‘in, portlash kabi noxush holatlar, asosan iste’molchilarning gazdan foydalanishda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yishi, xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi oqibatida kelib chiqishi tahlillar natijasida aniqlangan.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining barcha shahar va tuman gaz ta’minoti bo‘limlari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlarida ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida yosh avlod ongida gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuncha hosil qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilib, ularning xavfsizligi uchun ta’lim maskanlarda gazdan foydalanish holatlari o‘rganilmoqda. Xafsizlik uchun mas’ul shaxslarga kerakli tavsiyalar va ogohlantirish xatlari taqdim qilinmoqda.
Har bir tashkilot va korxonada, aholi xonadonlarida energiya tejamkor gaz uskunalarining afzalligi va xavfsizligi borasida ham targ‘ibot olib borilyapti. Tahlillar esa ana shunday uskunalardan foydalanayotgan ob’ektlar va xonadonlarda “zangori yoqilg‘i” sezilarli darajada iqtisod qilinayotganini ko‘rsatmoqda.
Yil boshidan ayni vaqtga qadar Filialning servis xizmatini rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan aholi xonadonlaridagi 4546 ta va ulgurji iste’molchilarning 676 ta nostandart gaz uskunalari zamonaviy, tejamkor uskunalarga almashtirildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati