Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholi xavfsizligini ta’minlash, baxtsiz hodisalarning oldini olishda kuz-qish mavsumida mas’uliyat ikki karra ortadi. Gaz ta’minotida aholining gazdan foydalanish qoidalariga amal qilishi ham muhim ahamiyatga egadir.
Hurmatli iste’molchilar!
Baxtsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun gaz ballon va plitalardan xavfsiz foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qiling!
Buning uchun, avvalo, suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona va maishiy ehtiyojlar uchun foydalaning.
Gazdan foydalanuvchi uskunani yoki maishiy gaz ballonini soz holatda saqlang. Nosoz gaz ballondan foydalanmang, o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang.
Gaz ta’minoti tashkiloti vakillarining gazdan foylalanuvchi uskunani va maishiy gaz ballonini ko‘zdan kechirish, profilaktik xizmat ko‘rsatish va tekshirish uchun erkin kirish imkonini ta’minlang.
Gaz asboblaridan foydalanishga bolalarni, o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan shaxslarni qo‘ymang.
Gazdan foydalanuvchi uskunalar va maishiy gaz ballonlari o‘rnatitilgan xonalardan uxlab qolmang.
Qish mavsumida gaz ballonlarni issiq suv yoki ochiq olov yordamida qizdirmang.
Ballondan gaz sizishini uni hididan, ovoz chiqarishidan, gaz sizish joyida suv tomchilari va muzlashlar hosil bo‘lishidan aniqlash mumkin. Gaz sizishini sovun ko‘pigi yordamida aniqlash chorasini ko‘ring.
Eslatma:
ikki qavatdan yuqori bo‘lgan uylarda, yerto‘la va yarim yerto‘lalarda gaz ballon qurilmalaridan foydalanish;
to‘ldirilgan gaz ballonlarini yashash xonalari, sanuzellar, dahliz, yerto‘la va isitish tarmoqlari oldida saqlash;
ballondagi gaz sizishini ochiq olov bilan aniqlash TA’QIQLANADI!
Yodda tuting! Gaz ballonlari binoga kirish joyidan 5 metr masofada, devorning eshik romlari o‘rnatilmagan tomoniga, yonmaydigan materialdan qurilgan alohida xona yoki maxsus qutiga o‘rnatiladi. Ballonlar soni 3 tadan oshmasligi kerak. Xonada gaz hidini sezganda, gaz plitadagi jo‘mrakni berkiting. Balonni ajratib tashqariga chiqaring, xonani shamollating, darhol 104 raqami orqali avariya xizmatiga qo‘ng‘roq qiling, olov va elektr asboblarini aslo yoqmang!
UNUTMANG! Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda!
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati