Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati aynan kuz-qish mavsumiga o‘tish davrida dudbo‘ronlarni ko‘rikdan o‘tkazmasdan, uni tozalamasdan foydalanish holatlarida yuz beryapti.
Is gazi xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gazning to‘liq yonmasligi, ko‘mir va organik moddalarning chala yonishidan hosil bo‘ladigan gazdir.
Is gazi inson organizmining nafas yo‘llari va nafas a’zolariga kuchli ta’sir qiladi. Is gazi nafas yo‘llari orqali organizmni, xususan, markaziy asab sistemasini zararlaydi.Is gazidan qator organik moddalar sintez qiluvchi korxonalarda, garajlarda ventilyatsiya yomon bo‘lganda, yangi bo‘yalgan,shamollatilmaydigan xonalarda, shuningdek, uy sharoitlarida tabiiy gaz yonib turganda va pechka bilan isitiladigan uylarda pechka qopqog‘i o‘z vaqtida yopilmaganda zaharlanib qolish mumkin.
Havo tarkibida 0,1% is gazining bo‘lishi,insonni o‘lim holatiga olib kelishi mumkin.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali xodimlari kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida doimiy ravishda tushuntirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Filialning shahar va tuman bo‘limi uy ichiga xizmati mutaxassislari aholi xonadonlarida bo‘lib, ularning gaz jihozlari, isitish pechlari va dudbo’ronlarining sozligini tekshirib, gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Shu o‘rinda iste’molchilarimizdan yana bir bora dudbo’ronlarining sozligini, tozaligini, isitish uskunalarini gaz tarmog‘iga ulashdan oldin ko‘zdan kechirib, filialda tashkil etilgan gaz uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatidan foydalanishlaringizni tavsiya etamiz. Bu o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi kafolati demakdir!
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati