Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Har bir fuqaro o'z xavfsizligiga e'tiborli bo'lishi lozim. Targ'ibotlar davomida aksariyat iste'molchilar mavsumga tayyor emasligining guvohi bo'lib kelyapmiz. Dudbo'ronlar tozalanmagan, isitish moslamalari nostandart yoki gaz jihozlari texnik ko'rikdan o'tkazilmagan, shuningdek, rezina shlanglardan foydalanib kelmoqda. Shuning uchun har bir fuqaro xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi va quyidagi holatlarga yo'l qo'ymasligi shart!
Aholimiz tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarida, butun yoz mavsumi davomida ishlatilmagan gaz jihozlari dudbo'ronlariga eʼtibor berishi lozim. Chunki qush in qurishi natijasida dudboʻron ogʻzi yopiq holatda boʻlib, kelgusida baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ogohlik - davr talabi. O'zingiz va atrofdagilaringizning hayotiga e'tiborsiz bo'lmang. Dudbo'ronlarni to'g'ri o'rnating, tozalang, nostandart gaz jihozlaridan foydalanmang.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati