Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Keyingi yillarda mamlakatimizda murojaatlar bilan ishlash va aholi muammolarni hal etish sohasida yangi davr boshlandi. Xalqni rozi qilish-inson huquq va manfaatlarini himoya qilishning eng maqbul yo‘li sifatida hayotimizga joriy etilgan ushbu mexanizm haqiqatan ham qisqa fursat ichida o‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi.
Bugun “Inson qadri uchun” shiori ostida amalga oshirilayotgan har qaysi islohotlar zamirida aholi xalqni rozi qilish eng ustuvor vazifa ekanligini barcha birdek anglab yetdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimida bu yaqqol o‘z aksini topmoqda.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘limiga o‘tgan 8 oy davomida 8 693 murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 87.3 % ijobiy hal etildi, 12.63 % ga tushuntirish ishlari olib borildi. 0.07% foizi esa o‘rganish jarayonda.
Shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalari orqali Filialga kelib tushgan 6 730 ta murojaatlar (100% ) o‘rganib chiqildi. 6 056 tasi (90% i) ijobiy hal qilindi, 674 (10%) tasiga tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi virtual qabulxonasi hamda ishonch telefoni orqali kelib tushgan jami 856 ta murojaatlarning 704 (82.24%) tasi ijobiy hal qilingan 151 (17.64%) tasiga tushuntirishlar berilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 21.87% tabiiy gaz, 30.6 % maishiy gaz ballonlari, 17.13% suyultirilgan gaz ta’minoti masalasi, 30.4% esa boshqa masalalar yuzasidandir.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati