Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
DIQQAT: BUGUN 18-APREL KUNI MAVSUMIY SHAYBALARNI ALMASHTIRISH VA TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI XIVA SHAHRI VA XIVA TUMANINING BARCHA MAHALLALARI HAMDA QO’SHKO’PIR, HAZORASP, XONQA TUMANLARINING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHALIK TO'XTATILADI
“Xiva-2” gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 11.00dan 18.00gacha Xiva shahri va Xiva tumanining barcha mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.
“Zarbdor-2” (Udarnik-2) gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 11.00dan 18.00gacha Qo’shko’pir tumanining O’rtayop, Xosiyon, Oqdarband, Shix, Hayrabod, Xonobod, Xadra mahallalali va Qo’shko’pir shaharchasiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.
“Hazorasp-2” gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari tufayli soat 14.00dan 18.00gacha Hazorasp tumanining Amudaryo, Yangibozor, Shovot mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.
“Xonqa-2” gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 14.00dan 18.00gacha Xonqa tumanining Madaniyat, Katta kuch, Znaxos, Nurobod mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatiladi.
Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar uchun iste'molchilardan uzr so'raydi.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmat