Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Shunday sohalar borki, unda har qanday holatda, har qanday vaqtda turli voqea-hodisalarga tayyor turish tavsiya etiladi. Masalan, gaz sohasida. Shu bois, tizim xodimlarining bu boradagi malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Navbatdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlaridan biri "Hududgaz Jizzax" gaz ta’minoti filiali "Zomin" gaz to‘ldirish shoxobchasida tashkil etildi.
Tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, yong‘in xavfsizligi, tez tibbiy yordam, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ham ishtirok etdilar. Dastlab, gaz to‘ldirish shaxobchasidagi gaz quviridan gaz sizib chiqishi natijasida yong‘in chiqishi holatidagi harakatlar ko‘zdan kechirildi.
"Zomin" gaz to‘ldirish shoxobchasida bo‘lib o‘tgan taktik o‘quv mashg‘ulotini yuqori saviyada o‘tkazishga urg‘u berildi. Shoxobchada xizmat vazifasini olib boradigan har bir xodim harakati mas’ullar tomonidan kuzatib, baholab borildi. Mashg‘ulot davomida shuningdek, rezervuardagi bosim ko‘tarilib, saqlagich klapanlari ishlamaganda qanday chora-chora tadbirlarni amalga oshirilishi shartli ravishda ko‘rsatib berildi.
Tadbir so‘ngida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokami etildi. Kelgusida bu kabi o‘quv-mashg‘ulotlarni muntazam o‘tkazib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati