Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Anomal sovuq harorat davom etmoqda, shunga qaramay, aholi xonadonlariga gazni bir maromda yetkazib berish maqsadida gaz ta’minoti filiali va uning hududiy bo’lim xodimlari xalq xizmatida bo‘lmoqdalar.
Joylardan kelib tushgan murojaatlar avariya-tiklash brigadalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda. Filial servis xizmati xodimlari tomonidan aholi xonadonlari qayta ko‘rikdan o‘tkazilib, gaz jihozlari va dudbo‘ronlar sozligi nazorat qilinmoqda.
Shu bilan birga, iste’molchilarni tabiiy gazdan to‘g‘ri va oqilona foydalanishlari, is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari ham olib borilyapti.
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati