Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimizda sovuq harorat hukm surmoqda. Bunday vaziyatda iste’molchilarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash uchun gaz tizimi xodimlari tomonidan barcha choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramasdan, sovuq harorat tizim ishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Tarmoqlarda avariyali holatlar ham kuzatilyapti.
Davlatobod tumanining “Yuksalish” mahallasi hududidagi o‘rta bosimli yer osti D-159 mm gaz tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Ushbu holat “Davlatobod tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ekspluatatsiya mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etildi. Hozirda mazkur hududdagi 2718 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklandi.
Ta’kidlash joiz, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali xodimlari havo haroratining pasayib ketganiga qaramay kun-u tun o‘z vazifalarini sidqidildan bajarmoqda.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati