Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Prezident qaroriga muvofiq, har yili an’anaviy tarzda 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan gaz ta’minoti sohasida turli lavozimlarda ishlayotgan yoshlar o‘rtasida sport tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Sportning 5 ta turi bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Ushbu sport tadbirlarini tashkil etishdan asosiy maqsad dam olish va ishdan tashqari kunlarda yosh xodimlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular orasidan bo‘lg‘usi respublika va xalqaro chempionatlari g‘oliblarini tayyorlash, sport orqali yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Ta’kidlash lozimki, muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanish tanani chiniqtirib, sog'lom turmush tarzini shakllantiradi. Sport bilan muntazam shug‘ullanish, to'g'ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish, turli kasalliklarga qarshi immunitet tizimini shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati