Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali hamda shahar va tumangaz gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan nafaqat aholi xonadonlari, balki markaziy bozorlar, savdo majmualari, tibbiyot birlashmalari hamda ta’lim muassasalarida is gazidan zaharlanishning oldini olish, gaz jihozlaridan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish maqsadida targ‘ibot tadbirlari kuchaytirildi.
Tadbirlar davomida aholini ogohlik va hushyorlikka da’vat etgan holda ularga gaz jihozlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Termiz shahrida joylashgan “Markaziy dehqon bozori”dagi savdo rastalariga targ’ibot qo‘llanmalari topshirildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati