Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Samarqand viloyati bo‘yicha 2022-2023 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish rejasiga asosan, 9.5 km gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi. Reja bo‘yicha rekonstruksiya qilinishi lozim bo‘lgan gaz quvurlarining 2.9 kilometrida ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi.
Joriy yil viloyatdagi jami 8364 dona gaz taqsimlash qutilarini (GTQ) reviziya-taftish qilindi. Shuningdek, 40 ta gaz taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlandi.
Hududdagi 979 km yer osti gaz quvurlarni pribor usuli bilan tekshirilib, 539, 3 km qismida bosim ostida zichlikka sinaldi.
Bundan tashqari, 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik rejasiga ko‘ra, mavjud yer usti gaz quvurlarining 269.5 km gaz quvurlari bo‘yoqlanib, reja qariyb 124 foizga bajarildi.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati