Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali va Boshlang‘ich Kasaba uyushmasi tomonidan tuman-shahar gaz ta'minoti bo‘limi xodimlari o‘rtasida "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!" shiori ostida o'tkazilgan sport musobaqalarida g'oliblar aniqlandi vа Boshlang'ich Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Ayollar va erkaklar o'rtasida o'tkazilgan shashka va shahmat sport turlari bo'yicha g'oliblik "Gulistonshahargaz", "Bahtshahargaz" va "Xovostumangaz" gaz ta'minoti bo'limlari xodimlariga nasib etdi.
Stol tennisida asosiy g'olib "Gulistontumangaz" gaz ta'minoti xodimi bo'ldi. Shuningdek, sportning mini futbol turi bo'yicha "Sirdaryotumangaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari 1-o'rinni egallab, g'oliblik kuboni qo'lga kiritdi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati