Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo'nalishi sifatida belgilangan. Shu ma'noda, hozirda yurtimizda ayollarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar ham tahsinga loyiq ishdir. Ana shunday ishlarning amaliy isboti sifatida keyingi yillarda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi roli va ta’sirini kuchaytirish, ularning huquqiy-ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 80 dan ortiq milliy va xalqaro hujjatlar qabul qilinganini alohida qayd etish lozim. Bunday g‘amxo‘rlikdan ruhlangan ayollarimiz vatan uchun yanada ko‘proq o‘z hissalarini qo‘shishga va mana shu muqaddas zamin, musaffo osmonni asrashga harakat qilmoqda. Xususan, bugungi kunda gaz tizimida ham bir qator xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Tizimda ularga bo'lgan e'tibor ham alohida ahamiyatga ega bo'lib, bu borada bir qator qaror va topshiriqlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlarni mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirishda kasaba uyushmalari rolini oshirish to‘g‘risida ”gi 6-23 “s”-sonli Qarori ishlab chiqilgan. Mazkur Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filialida tizimdagi barcha xotin-qizlar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish davomida, filial boshlang‘ich kasaba uyushmasi tizimidagi Xotin-qizlar kengashi va komissiyalari faoliyati tugatilib, uning vazifa va majburiyatlari filialda tashkil etiladigan "Ayollar kengashi"ga o‘tkazilgani haqida ma'lum qilindi. So'ng "Ayollar kengashi" raisi vazifasiga nomzodlar ko'rsatilib, to'g'ridan to'g'ri ovoz berildi.
Natijalarga ko'ra, filial Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M.Dedamirzayeva bir ovozdan "Ayollar kengashi" raisi vazifasiga saylandi. I.Rahimova hamda M.Kamalovalar esa "Ayollar kengashi" a'zolari etib tayinlandi.
Filial Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M.Dedamirzayeva
Ayollarimiz bugun barcha sohalarda erkin ishlash imkoniyatiga egadirlar. Xoh u maorif bo‘lsin, xoh u sanoat sohasi bo‘lsin yoki siyosiy-ijtimoiy, tadbirkorlik va fermerlik sohasi bo‘lsin barchasida mehnat qilish huquqiga egadirlar. Qisqa qilib aytganda, bizning yurt ayollari qadr topgan yurt desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero ayollarga ehtirom-bu buyuklik ramzidir.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmat