Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
2021-yilda esa bu ko‘rsatkich 73 ming 600 tonnani tashkil etgan edi. 2021-yilda viloyat bo‘yicha suyultirilgan gaz iste'molchilari soni 471 ming 869 nafar bo‘lib, 2022-yil so‘nggida esa iste'molchilar soni 473 ming 588 tani tashkil etdi va 1 719 nafar yangi iste'molchilar safga qo‘shildilar.
“O‘tgan 2022-yilda suyultirilgan gaz ta'minoti iste'molchilarga to‘la onlayn tizim asosida yetkazib berildi, - deydi “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali direktorining suyultirilgan gaz masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zafarbek Qahharov. – Iste'molchilarga oldingi yilga nisbatan 7 ming 714 tonna ko‘p gaz yetkazib berildi. Bu degani 2021-yilga nisbatan 385 ming 700 dona ko‘proq maishiy gaz ballonlari xonadonlarga kirib bordi. Joriy yilda ham o‘z oldimizga iste'molchilarni o‘z vaqtida suyultirilgan gaz bilan ta'minlash, ularga sifatli xizmat ko‘rsatishni maqsad qilganmiz..”
Bugun viloyatning qaysi chekkasiga bormang albatta odamlarni mashiy gaz ballonlarida ovqat pishirib, choy qaynatayotganlаrini ko‘rasiz. Misol uchun, Buloqboshi tumanining “Baynalminal” mahalla fuqarolar yig‘ini ham tog‘lar bag‘rida joylashgan mahallalardan. 799 nafar iste'molchiga ega mahalla ahlida 1116 ta maishiy gaz ballonlari mavjud bo‘lib, ballon bilan ta'minlanganlik darajasi 140 foizga yetkazilgan. Aholi suyultirilgan gazni ID kartalar orqali olayotganiga mana bir yildan ham oshdi. Onlayn tizim orqali gaz yetkazib berish boshlangan vaqtlarda iste'molchilarda tushunarsiz va noroziliklar holatlari uchragan bo‘lsa, hozirda ushbu tizimdan barcha mamnun. Maxsus karta orqali gaz uchun to‘lovni yechib olinishi, gaz uchun ortiqcha to‘lov olmaslik, har bir maishiy gaz ballonni kuzatish imkoni mavjudligi aholi uchun qulaylik tug‘dirmoqda. Yil boshidan beri “Baynalminal”liklarga 195.400 tonna gaz yetkazib berilgan bo‘lib, belgilangan reja amalda 145 foizga bajarilmoqda.
“..Biz yangi tizim bo‘yicha gaz olyapmiz,- deydi Paxtaobod tumanidagi “Sangrabod” MFY “Mevazor” ko‘chasining 298-uyida yashovchi Hayitxon Muhammadalieva. – Juda qulay ekan. Kartaga xo‘jayinim pul solib qo‘ygan edi, endi qachon gaz kelsa bemalol gaz ballonimni almashtira olarkanman. Ham vaqtda yutaman, ham pul bormi, yo‘qmi demayman. Ballonga yopishtirilgan chip haqida ham aytishdi. Uni ham ehtiyotlayamiz. Qisqa qilib aytsam, raqamlashtirish degan so‘zni televizorda eshitardik, mana endi o‘zimiz ham shu jarayonni guvohi bo‘lib, bevosita ishtirok etayapmiz ham...”
O‘tgan yilda “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining suyultirilgan gaz yetkazib berish yo‘nalishi ishchilari iste'molchilarning 4 million 65 mingdan ortiq maishiy gaz ballonlarini suyultirilgan gaz bilan to‘latib berishgan. Joriy yilda esa bu raqamni yanada oshirish, iste'molchilar xonadonlariga peshma-pesh gaz yetkazib berishni maqsad qilganlar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati