Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, global iqlim o’zgarishining salbiy ta’sirini yumshatish hamda Respublika aholisi va tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini iqtisodiy, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng joriy etish, ulardan foydalanishni esa davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash dolzarb vazifalaridan biri bo’lib kelmoqda. Shuning uchun joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida ham bu borada tizimli ishlar tashkil etildi – qayta tiklanuvchi energiya manbalari – quyosh kollektorlari o’rnatildi.
Ushbu qurilmaning o’ziga xosligi shundaki, quyosh energiyasini yig’ib, uni issiqlik energiyasiga aylantirish uchun mo’ljallangan yuqori texnologiyali qurilma hisoblanadi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati