Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan aholiga tabiiy gazni muammosiz yetkazib berish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ish jarayonlari namunali tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mavsumga tayyorgarlik ko’rish hududlar kesimida rejaga muvofiq bajarilmoqda.
Viloyat miqyosida olib borilayotgan ishlarni raqamlar asosida tahlil qiladigan bo’lsak, jami 17 kmdan ortiq gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish belgilangan bo’lib, amalda esa 18,04 kilometri rekonstruksiya qilindi. Bugunga qadar gaz maromlash qurilmalarining esa 5236 tasida taftish ishlari olib borildi. Shuningdek, 273 km gaz quvurlarida bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari tashkil etildi. 352 kmdan ortig'i estetik jihatdan tartibga keltirilib, bo’yoqlandi.
Bugun viloyatning nafaqat yaqin, balki olis hudud iste’molchilarining ham tabiiy gaz ta’minoti bilan bog’liq murojaatlariga hojat qoldirmaslik maqsadida amaliy ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Xususan, Qorovulbozorda qo’shimcha 3 km, Olot tumanida esa 2,70 km gaz quvuri rekonstruksiya qilindi. Bu esa har ikki hudud aholisining o’z vaqtida tabiiy gaz bilan ta’minlinishida xizmat qiladi.
“Joylarda tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Har bir tuman va shahar gaz ta’minoti bo’limi vakillari tomonidan amaliy natijadorlikka e’tibor qaratilmoqda. Hatto olis hudud iste’molchilari uchun ham imkoniyatlar yaratilmoqda. Birgina Olot tumanida 3 kmga yaqin gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi. 239 ta gaz maromlash qurilmalarida taftish ishlari olib borildi. Quvonarlisi, hududdagi 2 ta yuqori bosimli gaz maromlash qurilmasi va 25 kmdan ortiq gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirilib, bo’yoqlandi. Jarayonlar samarasi o’laroq 2000 nafar iste’molchining tabiiy gaz bilan bog’liq muammolarining oldini olinadigan bo’ldi”, – deydi sohaning mas’ul xodimi Sirojiddin Avezov. Joylarda amaliy ishlar davom etar ekan, bu bilan esa 40 mingdan ortiq xonadonda tabiiy gaz ta’minotining yanada yaxshilanishiga erishiladi. Mavjud muammolarning oldini olinishida xizmat qiladi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati