Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“HUDUDGAZ SURXONDARYO” GAZ TA’MINOTI FILIALI TOMONIDAN VILOYATIMIZDAGI 40 DAN ORTIQ OLIS MAHALLALARGA SUYULTIRILGAN GAZ BALLONLARI YETKAZIB BERIB KELINMOQDA
Yangi O‘zbekiston-inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat. Buning isbotini yurtimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari misolida ham ko‘rish mumkin. Birgina misol, yillar davomida e’tibordan chetda qolib ketgan olis mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Va bu borada bugun tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ana shu olis hudud aholisi ham uzluksiz suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyatimizdagi 40 dan ortiq olis mahallalarga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berib kelinmoqda.
Misollarga yuzlansak, bugungi kunda 100 dan ortiq avtoulovlar orqali viloyatimizning iste’molchilariga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialiga qarashli 7 ta gaz tarqatish inshootlari vohamiz aholisiga xizmat qilmoqda. Ushbu gaz tarqatish inshootlari Qashqadaryoning Sho‘rtan gaz va Muborak gazni qayta ishlash zavodlaridan olib kelinishga ixtisoslashtirilgan.
Muzrabot tumanining Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan “Qorakamar” qishlog‘i. Viloyatimiz markazidan 110 km uzoqlikda joylashgan ushbu qishloqda 954 ta gaz iste’molchilari yashaydi.
Boysun – o‘ziga xos tabiat manzaralari bilan shuhrat qozongan hudud. Zumrad qishi ham, so‘lim bahori, bahavo yoziyu, go‘zal kuz faslida ham turfa ranglarda tovlanib turadi. Tumandagi “Machay” qishlog‘i Termiz shahridan 195 chaqirim uzoqda joylashgan. Odamlari dilkash, samimiy, mehmondo‘st. Yilning qaysi faslida borsangiz ham quchoq ochib kutib oladi. Mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar 1050 ta aholi yashaydigan bu qishloqlarni ham suyultirilgan gaz bilan ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Osmono‘par tog‘lar qo‘ynidagi bu go‘shalarga tepalikka qarab ketgan qiya, tor, jarliklardan iborat yo‘llar orqali boriladi. “Boysuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari ana shunday murakkab yo‘lni bosib, maxsus "Isuzu" rusumli avtotransport vositalari bilan aholiga o‘z vaqtida suyultirilgan maishiy gaz ballonlarini yetkazib bermoqda.
“Machay” qishlog‘i fuqarolar bilan dildan suhbat, samimiy muloqotlar jarayonida ko‘z-ko‘zga tushganda qalban qanchalik yaqin ekanligimizni bildik.
Aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish jarayonida qishloqqa yaqin joyda qurib foydalanishga topshirilgan “Servis markazi” ularni uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim toganligini alohida so‘zlar berishdit. Odamlarning hayotga bo‘lgan ishonchini yanada oshirmoqda, turmush farovonligi yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Dug‘oba, Dehbola, O‘rmoncha va Xo‘jayidod qishloqlari Termiz shahridan 220-230 chaqirim uzoqda joylashgan. Odamlari dilkash, samimiy, mehmondo‘st. Yilning qaysi faslida borsangiz ham quchoq ochib kutib oladi. Mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar 6 ming 167 aholi yashaydigan bu qishloqlarni ham suyultirilgan gaz bilan ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Osmono‘par tog‘lar qo‘ynidagi bu go‘shalarga tepalikka qarab ketgan qiya, tor, jarliklardan iborat yo‘llar orqali boriladi. “Boysuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari ana shunday murakkab yo‘lni bosib, maxsus "Kamaz" va "MAN" rusumli avtotransport vositalari bilan aholiga o‘z vaqtida suyultirilgan maishiy gaz ballonlarini yetkazib bermoqda.
Eng qizig'i Sariosiyo tumanidagi “Turmushobod” mahallaga qarashli “Kundajuvoz” qishlog‘ida 45 ta xonadon mavjud bo‘lib ushbu xonadonlarga Sariosiyo tumangaz bo‘limi tomonidan 127 dona maishiy gaz ballonlar shartnoma asosidi yetkazib beriladi. Kundaijuvoz qishlog‘i Sariosiyo tumani markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan. Qishloqqa yetib borish uchun avtomobil yo‘li orqali 50 km, To‘palang daryosida harbiy qayiqda 15 km va piyoda 5 km masofani bosib o‘tish lozim. “Kundajuvoz” qishlog‘idagi axoli xonadonlariga 40-45 kun oralig‘ida suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Oltinsoy tumanining tog‘li "Badihavo" mahallasida 835 ta gaz iste'molchilarini suv isitish va ovqat tayyorlashlari uchun soha xodimlari tomonidan qulaylik yaratish kelinmoqda hamda Oltinsoy tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 30-45 kun muddatda gaz ballonlar bilan ta’minlanib kelinmoqda.Ushbu mahalla viloyat markazidan 200 km uzoqlikda joylashgan bo’lishiga qaramasdan. Ushbu xonadonlarga “Oltinsoytumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan maishiy gaz ballonlari o'z vaqtida yetkazib berishmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, tog‘li "Chosh" mahallasi aholisiga ham qulaylik va zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida sohadagi islohotlar, yangiliklar ularga ham yetkazilmoqda. Viloyatimizda 471 mingdan ortiq iste’molchilari bo‘lsa, ularning barchasi ID-kartalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Sariosiyo tumanidagi "Chosh" mahallasi tuman markazidan 120 km uzoqlikda joylashgan viloyat markazidan esa 320 km uzoqligda bo‘lib, qishlog‘da 292 ta xonadon mavjud bo‘lib, ushbu xonadonlarga "Sariosiyotumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 215 dona maishiy gaz ballonlar yetkazilmoqda. So‘zimizni yana bir hududlarga qaratsak. Uzun tumanida joylashgan Bobotog‘ tog‘ oldi hududi viloyatimiz markazidan 250 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu yerni o‘zida 4 ta mahalla aholisiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkaziladi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyatning olis tog‘li hududlarida yashovchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlari maxsus yo‘l tanlamas “Kamaz” va “MAN” rusumli avtotransport vositalari orqali o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Ular orqali qo‘shimcha aylanma maishiy gaz ballonlari yig‘ib olinib shu zahotiyoq gaz to‘ldirilgan boshqa gaz ballon berilib kelinmoqda. Bu orqali iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishda muddat 50 kundan 40-35 kungacha qisqaribgina qolmay, iqtisodiy jihatdan avtoulovlarning kunlik bosib o‘tadigan masofasi va yoqilg‘i sarfi 1,5-2 barobarga qisqarishiga erishildi. Olis tog‘li qishloq aholisi esa bundan mamnun.
Iste’molchilar bilan muloqatni yanada yaxshilash maqsadida: Gaz ta’minoti xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha taklif va shikoyatlarni o‘rganish, filial hamda mijoz o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash maqsadida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining (76) 221-06-14 “Ishonch” telefoni, avariya-dispetcherlik xizmatining “104” va “Call-markaz”ning (76) 221-05-97, (76) 221-25-10 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yaratilgan. O‘zaro ishonchga asoslangan muloqot, albatta, iste’molchi va yetkazib beruvchilarning samarali va teng huquqli aloqalarini ta’minlashga, natijada yuklatilgan vazifalarni bajarib, xalqimiz oldida yuz yorug‘ bo‘lishiga xizmat qiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, aholiga uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish, ularga qulaylik yaratish, bu boradagi muammolarini bartaraf etish gaz ta’minoti filiali xodimlarining asosiy vazifalaridan biri. Kelgusida filial jamoasi bu borada amalga oshirlayotgan ishlar ko‘lamini yanada yaxshilash barobarida, voha qiyofasini tubdan yangilashga, aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga bel bog‘lashgan. Buning uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan.
O‘tkir Turdiyev
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filialining suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari