Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Uchtepa tumani, Bog`obod tor ko`chasida joylashgan yer usti D-76 mm past bosimli gaz quvurini tartibga keltirish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 2022-yil 7-iyun kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha “Bog’obod” mahallasidagi 30 ta yerli xonadonlarda hamda ushbu manzildagi ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
Gaz ta'minoti filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun barcha iste'molchilardan uzr so'raydi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati