Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun, 8-iyun kunidan 10-iyun kuniga qadar Toshkent viloyati va Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy hamda quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalari bilan o‘tkazilishi belgilangan hamkorlikdagi qo‘mondonlik -shtab o‘quv mashqiga start berildi.
O‘quv mashqini o‘tkazishdan maqsad – favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi Toshkent viloyati va Toshkent shahar hududiy quyi tizimlarining boshqaruv organlari hamda kuchlarini samarali qo‘llash yuzasidan rahbarlar tarkibi va bo‘linmalarining hamkorligini takomillashtirishdan iboratdir.
Ushbu o’quv mashg’ulotlarda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining barcha bo’limlaridagi mutaxassislar belgilangan tartib bo’yicha o’z joylarini egallagan.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati