Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali tomonidan Kosonsoy tumanida aholiga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, kelib tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida hal etish va tabiiy gaz tarmoqlarini estetik jihatdan soz holga keltirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
«Kosonsoy tumangaz» boʻlimining aholiga gaz jihozlaridan foydalanish va taʼmirlash xizmati chilangarlari uchun yaratilgan sharoitlar va maxsus xona seminar ishtirokchilariga namoyish etildi. Bundan tashqari, servis xizmati xodimlarini isteʼmolchilar bilan ishlashda sifatga, muomala madaniyatiga eʼtibor berishi kerakligi ham taʼkidlandi.
Seminarda gaz tarmoqlari joylashgan oʻrni va maʼlumotlar bazasini yaratish hamda ushbu maʼlumotlarni Davlat kadastrlari Palatasining «Milliy geoaxborot tizimi»ga (MGAT ga) elektron shaklda kiritish boʻyicha Kosonsoyda kiritilgan tarmoqlar seminar qatnashchilariga koʻrsatildi.
Seminar soʻngida “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali direktori Shavkat Ataxanovning qabul qilingan va yetkazilgan gaz miqdorida tafovutini yoʻqotish — olib borilayotgan ishlarning asosiy maqsadi boʻlishi kerakligini taʼkidladi