Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Chust tumanining “Sadacha” mahallasi hududidagi “Chust” gaz taqsimlash punkti tumanning 18 ta mahallasidagi 7901 nafar aholini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi. Ushbu gaz taqsimlash qurilmasi jami 18 ta yuqori bosimli va 43 ta o‘rta bosimli gaz tarmog‘i orqali iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib beradi.
Ta’kidlash joiz, iste’molchilarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash uchun gaz tizimi xodimlari tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda, holat esa doimiy nazoratda.
Ma’lumot uchun, tumanda 9 nafar ekspluatasiya mutaxassislari va gaz payvandchilari tomonidan hududlardagi 387,760 km gaz tarmoqlari va 69 dona gaz taqsimlash qurilmalari qayta nazoratdan o‘tkazildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati