Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularning yurtimiz siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol ishtirokini ta’minlash, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan etib belgilandi. Shu ma'noda, barcha mehnat jamoalarida xotin-qizlarning muammolariga samarali yechim topish uchun "Ayollar kengashlari"ni tuzish va ularning samarali faoliyat olib borishi bo'yicha bir qator vazifalar belgilangan. Bu borada turli xil tadbirlar o'tkazilmoqda. Xususan, joriy yilning 2-4-iyun kunlari Namangan viloyati Kosonsoy tumanining "Nodirabegim-Muhammadxon" sihatgohida О‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan tarmoq korxonalari "Ayollar kengashi" vakillari uchun “Yangi kasaba uyushmalarida Ayollar kengashining о‘rni” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
Bundan ko'zlangan maqsad, tarmoq kasaba uyushmasi Ayollar kengashi tashabbusi bilan, tizimdagi birlashgan va boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkilotlar Ayollar kengashlari ishini faollashtirish, ishlash mexanizmini takomillashtirish, o'zaro tajriba almashish va belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashdan iborat.
Tadbirga Qozog'iston Respublikasidan "Qozog'iston atom sanoati xodimlari tarmoq kasaba uyushmasi" jamoat birlashmasining bir guruh faol ayollari ham tashrif buyurishdi.
Tadbirda “Hududgazta'minot” AJ “Hududgazta’minot” AJning xotin-qizlar kengashi raisi va hududiy filiallar Xotin-qizlar kengashi raislari ham ishtirok etdilar.
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali xotin - qizlar kengashi raisi M.Dedamirzayeva tomonidan о‘tkazilgan tadbirda gaz tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ish faoliyatida yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar hamda bu boradagi talab va takliflar haqida mulohaza yuritildi.
Trening o'z nomi bilan mazmunli suhbat-u, qizg‘in mashqlarga boy bо‘ldi. Bu borada ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Namangan hududiy bо‘limi psixologi N.Hayrullayeva tomonidan о‘tkazilgan trening mashg‘ulotlarini olib bordi.
Tadbir so'nggida, ishtirokchilar Namangan shahrida o'tkazilayotgan "Xalqaro gullar festivali"da bo'lib, madaniy hordiq chiqarishdi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati